Vazirlar Mahkamasi Qarorining loyihasi yangi avtomobillar savdosi bilan şuğullaşni faqat yuridik şaxslar – Özbekiston hududida texnik xizmat körsatiş şahobçalariga ega bölgan işlab çiqaruvçi-taşkilotlarning rasmiy dilerlari orqali amalga oşirişni nazarda tutadi.
Davlat portallarida Vazirlar Mahkamasining “Texnik xizmat körsatişni mukamallaştiriş va avtotransport vositalaridan xavfsiz foydalanişni ta'minlaş töğrisida”gi Qarori loyihasining muhokamasi boşlandi.
Xujjatda 2017 yil 1 yanvardan M1 (yengil) va N (yuk) kategoriyali yangi avtomobillari savdosini faqat yuridik şaxslar – Özbekiston hududida texnik xizmat körsatiş şahobçalariga ega bölgan işlab çiqaruvçi-taşkilotlarning rasmiy dilerlari orqali amalga oşiriş taklif etiladi, deb xabar beradi norma.uz.
Şuningdek, IIV faqat talablar töliq bajarilgandagina yangi avtomobillar savdosi uçun maxsus ma'lumotlar va hisob-kitoblar blankini taqdim etadi.
Qaror loyihasida avtotransport vositalariga xizmat körsatiş şahobçalarini taşkil etiş qoidalari ham mavjud.
Eslatib ötamiz, avvallari boşqa texnik xizmat körsatiş şahobçalari bilan yangi mahalliy avtomobillarga savdooldi xizmat körsatiş töğrisida kelişuv imzolagan dilerlarga ham yangi avtomobillarni sotib olişga ruxsat berilar edi.







