Facebook ştab-kvartirasida şaxsiy fikr, ğoya va his-tuyğularni ifodalaş mumkin bölgan maxsus devordagi yozuvlardan biri irqiy ayirmaçilikka misol deb ma'lum qilindi.

"Facebook ixtiroçisi Mark Tsukerberg Kaliforniya ştati Menlo-Park şahridagi kompaniyaning ştab-kvartirasida ayrim xodimlariga irsiy irqçilik qilgani uçun hayfsan e'lon qildi", deb xabar beradi TASS.

Uşbu taxtada yozib qöyilgan “Qora tanlilarning hayoti ahamiyatga ega” iborasini çizib “Har kimning hayoti ahamiyatga ega” iborasiga aylantirgan. Kompaniya rahbari bu holatning takrorlanayotganiga e'tibor bergan.

“Men xodimlarimning bunday harakatidan juda ham xafa böldim. Ogohlantirganimdan keyin ham ayirmaçilikka yöl qöyişni zolimlik deb hisoblayman”, deydi u Fox News telekanali muxbiri bilan suhbatda.

“Voqea joyi yoki tafsilotlaridan qat'i nazar, sözlarning ustidan çiziş, kimningdir ahamiyati kimnikidandir kuçliroq deb oğizni yopiş bilan barobar. Facebook har bir insonga hurmat bilan munosabatda bölinadigan hamjamiyatdir” , - deya qöşimça qildi u.

Sodir bölgan hodisa yuzasidan tergov işlari boşlangan.