FIFA prezidentligi uçun saylovlar munosabati bilan taşkil qilingan navbatdan taşqari kongressda ajabtovur voqeilik kuzatildi.
Associated Press axborot agentligi jurnalisti Rob Xarrisning ma'lum qilişiça, kongress ovoz berişning tizimini tekşirib köriş uçun test rejimidagi sörov bilan boşlangan. Unda FIFA a'zolariga: «JÇ-2018 Rossiyada bölib ötadimi?» deya savol berilgan
201 nafar FIFA a'zosining 11 nafari (5 foizi) bunga salbiy javob bergan, qolgan 190 kişi (95 foiz) töğri javob bergan.

Eslatib ötamiz, bugun, 26 fevral kuni Tsyurixda FIFAning yangi prezidentligi uçun saylovlar bölib ötadi. Unda OFK prezidenti şayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa, UYeFA Boş kotibi Janni Infantino, Iordaniya şahzodasi Ali bin Al-Xusayn, janubiy afrikalik Tokio Seksvale va FIFA sobiq Boş kotibi Jyerom Şampan nomzod sifatida iştirok etişmoqda.






