FIFA prezidentligi uçun nomzodlardan biri UYeFA Boş kotibi Janni Infantino bugungi kunni futbol kelajagi uçun hal qiluvçi ekanini ta'kidladi.

«Bugun futbol kelajagi uçun hal qiluvçi kun», deb yozadi Infantino tvitterdagi sahifasida.

Eslatib ötamiz, bugun, 26 fevral kuni Tsyurixda FIFAning yangi prezidentligi uçun saylovlar bölib ötadi. Unda OFK prezidenti şayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa, UYeFA Boş kotibi Janni Infantino, Iordaniya şahzodasi Ali bin Al-Husayn, janubiy afrikalik Tokio Seksvale va FIFA sobiq Boş kotibi Jyerom Şampan nomzod sifatida iştirok etişmoqda.