Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi bugun—26 fevral kuni osiyo böylab safarini boşlaydi. Safar doirasida Qozoğiston, Yaponiya va Janubiy Koreyada böladi. Bu haqida Misr yetakçisining rasmiy manbasiga tayanib, RIA xabar bermoqda.

Ma'lumotga köra, Ostonada ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik va terrorizm hamda ekstremizmga qarşi birgalikda kuraşiş masalalari muhokama qilinadi. Şuningdek, as-Sisi Nazarboyev universitetida ma'ruza öqişi kutilmoqda.

Söng Misr prezidenti Tokioga jönaydi va Yaponiya imperatori Akixito bilan uçraşadi. Şuningdek, iqtisodiy dasturlar böyiça mamlakatning yetakçi işbilarmonlari, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan ham muloqotlar rejalaştirilgan.

Misr prezidentining osiyo böylab safari Janubiy Koreyada yakundanadi. Seulda ikki davlat örtasidagi köp tomonlama hamkorlik va şeriklikni rivojlantiriş töğrisidagi Deklaratsiya imzolanişi belgilangan.