AQŞ prezidenti Barak Obama öz murojaatida Rossiya Harbiy koinot kuçlari tomonidan Suriya hukumatini qöllab-quvvatlaş maqsadida amalga oşirilayotgan havo zarbalari mamlakat hududidagi gumanitar vaziyatni yomonlaştirgani haqida aytib ötgan.

Uning sözlariga köra, "bu faqatgina Suriyadagi fuqarolik uruşi emas, mamlakatdagi hokimiyatni qölga kiritiş uçun sulolalar örtasidagi uruşga aylandi".

"Rossiyaning bu hududga kirişi va havo zarbalarini amalga oşirişi Asad rejimi kuçayişiga xizmat qildi va mamalakatdagi gumanitar inqirozni yuzaga keltirdi", deydi Obama.

Uning qayd etişiça, ayni vaqtda Suriyada bolalar va keksalar oçlikka giriftor bölişdi.

Bundan oldinroq, Turkiya TIV Rossiyaning Suriya şimolida insonparvarlik yordamlari olib ketayotgan karvonga hujum qilib, harbiy jinoyat sodir etgani haqida ma'lum qilgandi.