Kengaşda Soğliqni saqlaş vazirligi tasarrufidagi hududiy organlar, davolaş-profilaktika va ta'lim muassasalari rahbarlari, kafedra mudirlari va professorlar iştirok etdi.

Yiğilişda Soğliqni saqlaş vazirining “Bolalarga xirurgiya xizmati körsatişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlar töğrisida”gi buyruğining bajarilişi tahlili olib borildi.

Şuningdek, 2015 yil yakuni böyiça Özbekiston Respublikasida gödaklar va bolalar ölimi tahlili va uni kamaytiriş çora-tadbirlari, soğliqni saqlaş vazirining 2014 yil 28 maydagi “Özbekiston Respublikasida perinatal yordamni hududlaştiriş (regionalizatsiya) töğrisida”gi buyruğining bajarilişi haqida ma'ruzalar tinglandi.

Bundan taşqari, yiğiliş davomida soğliqni saqlaş vazirining 2014 yil 8 maydagi “Özbekiston Respublikasi birlamçi tibbiy muassalarida kontratseptiv vositalar ta'minot-logistika tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi buyruği hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2013-2017 yillar davrida bolalikdan nogironlar tuğilişining oldini oliş uçun tuğma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlaş Davlat dasturi töğrisida”gi Qarori bajarilişi kabi masalalar ham atrofliça muhokama qilindi, deb xabar beradi Soğliqni saqlaş vazirligi rasmiy sayti.