Öz öqituvçisining qotilligida ayblangan amerikalik ösmir umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi. Bu sud hukmi Massaçusets ştatidagi Salem şahrida çiqarilgan.

17 yoşli Filip Çizmga 2013 yilning oktabrida ayblov qöyilgandi. Prokuratura ma'lumotlariga köra, u bu harakatini 14 yoşdaligida Denvers şahridagi maktabdagi maşğulotlardan keyin 24 yoşli matematika öqituvçisi Kolin Rittserni öldirgan. Qoralovçi tomonning bildirişiça, ösmir ayolga kantselyariya piçoği bilan hujum qilib qattiq jarohatlagan, keyin böğib tahqirlagan.

2015 yilning dekabrida Çizm öz aybiga iqror böldi.

Jinoyatning oğirligiga qaramay, Çizmni voyaga yetmagan sifatida sud qilişgan. Oqlovçi tomonning aytişiça, ösmir öşa vaqtda ruhiy inqiroz hamda ğazabda bölgan va özi nima qilayotganini anglamagan.

Sud qaroriga köra, Çizmga çiqarilgan hukm kamida 25 yil amalda böladi.