Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirşner valyuta bozoridagi firibgarlik işi böyiça sudda körsatma beriş uçun çaqirildi. U 13 aprel kuni ötkaziladigan sudda iştirok etişi kerak.
Şuningdek, sudda körsatma beriş uçun çaqirilganlar qatorida Argentinaning markaziy banki sobiq rahbari Alexandro Vanoli, uning sobiq örinbosari Migel Anxel Pese va mamlakatning sobiq iqtisodiyot vaziri Aksel Kisilof ham bor.
Argentina markaziy banki dollar qiymatini sun'iy ravişda tuşirib, mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazgani gumon qilinmoqda.
2015 yilning dekabrida Argentina hukumati 2011 yilda milliy valyuta bölmiş pesoni qöllab-quvvatlaş uçun joriy qilingan valyuta ayirboşlaşlarni bekor qilgandi.
Argentinaliklar 1 oy içida 2 ming dollardan köp bölmagan miqdordagi valyutani tegişli ruxsatnomalar asosida almaştiriş huquqiga egaligi aytilgandi.






