Rossiya aviatsiyasi 27 fevral kuni öt oçişni bas qiliş böyiça kelişuv kuçga kirganidan keyin Suriyada aksilterror amaliyotlar ötkazişni töxtatdi. Bu haqda Rossiya Boş ştabi boşqarmasi boşliği Sergey Rudskoyga asoslangan holda Interfaks xabar tarqatgan.
Uning aytişiça, bu Suriyada hukumat va muxolifat örtasida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvning kuçga kirişi bilan boğliq. Rossiyaliklar sulh vaqtida adaşib, muxolifat marralariga zarba berişning ehtimolidan qoçiş maqsadida harbiy harakatlarni töxtatgan.
U Suriya osmonida 27 fevral kuni Rossiya harbiy samolyotlari parvoz qilmaganini ta'kidlagan.
22 fevral kuni AQŞ va Rossiya Suriyada tinçlik örnatiş haqidagi hamkorlikdagi bitimni e'lon qilgan edi. Rossiya rahbari Vladimir Putin hamda AQŞ prezidenti Barak Obama Suriyada öt oçişni töxtatiş haqida kelişib olgandi. Uşbu "tinçlik sulhi"ga muvofiq, 27 fevral, Damaşq vaqti bilan yarim tundan boşlab Suriyada jangovar harakatlar töxtatildi.
Faqat IŞID, "Jabhat an-Nusra" va yana bir qança terrorçilik uyuşmalariga nisbatan jangovar harakatlar töxtatilmasligi ma'lum qilingan.
Xmeymimdagi aviabazaga hududdagi 17ta harbiy uyuşma vakillari kelib, tinçlik sulhini imzolagan. Jumladan al-Ğanim rahbarligidagi Suriya Demokratik armiyasi, "Iskanderon" otryadlari, "Sureym" va "Çelobiya" guruhlari, "Sahro loçinlari" va boşqalar.
26 fevral kuni BMT Xavfsizlik Kengaşida Suriyada tinçlik örnatiş haqidagi rezolyutsiya bir ovozdan ma'qullandi.
Xavfsizlik Kengaşi AQŞ va Rossiyaning hamkorlikda qabul qilgan Suriyada harbiy harakatlarni 2016 yilning 22 fevralidan töxtatiş haqidagi bayonotini qöllab-quvvatlaşini hamda harbiy harakatlarni 2016 yil 27 fevralida Damaşq vaqti bilan soat 00:00da töxtatişni talab qilişi haqida rezolyutsiya qabul qilgan.
BMT XK hujjatida Suriyadagi siyosiy ötiş davrida Jyeneva konvensiyasiga muvofiq, suriyaliklarning özi faol iştirok etişi ta'kidlanadi.






