Somali poytaxti Mogadişodagi mehmonxonaga jangarilar uyuştirgan hujum oqibatida halok bölganlar soni 14 kişiga yetdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Ta'kidlanişiça, halok bölganlar orasida 9 nafar fuqaro va 5 nafar jangari bor. Şuningdek, 30 kişi jarohat olgan.

Mahalliy politsiyada aytilişiça, terrorçi-xudkuş mehmonxonaga kiraverişda avtomobilni portlatgan, şundan keyin "Aş-Şabob" guruhi jangarilari bino içiga bostirib kirgan.

Avvalroq 9 kişi halok bölgani ma'lum qilingandi.