Toşkent şahar hokimiyatida ötkazilgan brifingda “Toşbozorsavdo” uyuşmasi mutasaddilari poytaxt bozorlarida joriy yilda olib boriladigan quriliş, rekonstruksiya va ta'mirlaş işlari haqida ma'lumot berdi.
Aniqlanişiça, hozirda uyuşma tizimida 14 ta OAJ hamda 7 ta MÇJ faoliyat olib boradi va ular ixtisoslaşuvi böyiça 12 ta dehqon bozori, 1 ta qişloq xöjaligi mahsulotlari ulgurji bozori, 2 ta ixtisoslaşgan bozor hamda 6 ta savdo kompleksidir.
Söngi 7 yilda bozor faoliyatini rivojlantiriş, moddiy texnik bazasini mustahkamlaş, sotuvçi va xaridorlar uçun yaxşi şaroitlar yaratiş maqsadida 63,6 milliard sömlik quriliş, qayta quriş va kapital ta'mirlaş işlari amalga oşirilgan.
Uyuşma mutasaddilari joriy yilda Toşkent qişloq xöjalik mahsulotlari ulgurji bozori, Aviasozlar, “Navröz”, Sergeli hamda “Yunusobod” dehqon bozorlaridagi kabi bunyodkorlik işlari “Oloy” hamda “Mirobod” dehqon bozorlarida ham olib borilişi rejalaştirilayotganini ma'lum qildilar.
“Mazkur işlarning davomi ölaroq, joriy yilda şahar markazida joylaşgan “Oloy” dehqon bozori hamda “Mirobod” dehqon bozorida ham bunyodkorlik işlari amalga oşiriladi,- deydi “Toşbozorsavdo” uyuşmasi boşqarma raisi Sohibjon Ne'matullayev. Mutaxassislar mazkur bozorlarni örganib, pavilonlar ta'mirga muhtoj ekanini aniqlaşdi. Bu böyiça maxsus loyihalar tayyorlandi. Mazkur quriliş-ta'mirlaş işlariga 15 milliard söm mablağ ajratiladi. Nasib etsa, milliy qadriyatlar va an'analar uyğunlaşgan şarqona savdo majmualarimizni Özbekiston Respublikasi mustaqilliging 25 yillik bayramiga topşirişni rejalaştirilayapmiz.
Ma'lumotlarga köra, “Oloy” bozori ixçam, körkam, qulay va yangi savdo rastalarga ega kompleks körinişini oladi. “Mirobod” dehqon bozorining esa tom va fasad qismi ta'mirlanib, atrofi zamonaviy holatga keltiriladi.
“Ta'mirlaş paytida savdo faoliyati töxtamaydimi”, deya berilgan savolga, mutaxassis “Yöq. Çunki bu bozorlarga könikkanlar köp. Ta'mirlaş maxsus reja asosida ötadi. Faqat qurilişi rejalaştirilgan joylar, örab olinadi. Savdolar faoliyati davom etadi”, deya javob qaytardi.






