Xitoy Braziliyaning Petrobras neft kompaniyasiga u joriy yilda tölaşi kerak bölgan 12 mlrd dollarlik qarzidan katta qismini qoplaş uçun 10 mlrd dollar berişga tayyor, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga köra, kreditni Xitoy rivojlaniş banki berişi mumkin. Bank 2009 yilda ham Petrobras’ga 5 mlrd dollar qarz bergan. Agar joriy kredit amalga oşirilsa, Xitoy bankining umumiy krediti 15 mlrd dollarni taşkil qiladi.

Reuters manbasining ma'lum qilişiça, kelişuv yangi kredit böyiça qarzlar ham pul mablağlari, ham neft yetkazmalari bilan qoplanişini közda tutadi. Petrobras, şuningdek, Xitoyning Sinopec neft kompniyasiga 10 yil davomida har kuni 200 ming barrel neft yetkazib berişi lozim böladi.