Rossiyaning Vorkute şahridagi «Severnaya» konida 25 fevral kuni röy bergan portlaş natijasida şaxta içida taşqi hayotdan uzilib qolgan 26 konçining barçasi halok bölgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda Rossiya FVV rahbari Vladimir Puçkovga asoslanib, TASS agentligi xabar tarqatgan. Uning aytişiça, şaxta içidagi şaroit, havoning yetişmasligi va yuqori darajadagi harorat konçilarning tirik qolişiga imkon bermagan.
Eslatib ötamiz, 25 fevralda şaxtaning bir qismida qaziş işlari olib borilayotgan joyda toğ zarbasi – toğ jinslari öpirilişi yuz bergan. Öpiriliş yuz berganda şaxtada 110 kişi bölgan, ulardan 80 nafari yuzaga çiqarilgan.
27 fevralda şaxtada avariyaviy qismda katta miqdorda metan gazi töplangani sababli qayta portlaş yuz berdi va qutqaruvçilar halok böldi.






