28 fevralda Angliya Premer-ligasi 27-turining markaziy uçraşuvida "Mançester Yunayted" öz maydonida "Arsenal"ni qabul qildi va 3:2 hisobida ğalaba qozondi.
Mankunianliklar 29-daqiqada APLda ilk bor maydonga tuşgan 18 yoşli futbolçi Markus Raşfordning goli evaziga hisobda oldinga çiqib oldilar. Bor-yöği 3 daqiqa ötib Raşford yana bir bor raqib darvozasini işğol etdi. 1-bölim oxirida londonliklar Denni Uelbekning goli evaziga bitta javob töpini qaytarişga muvaffaq bölişdi. 65-daqiqada mezbonlar yana bitta töp kiritişdi: bu gal ham golning urilişi Raşfordning iştirokisiz ötmadi, u Andera Erreraga golli uzatma oşirdi. Bir neça daqiqa ötib Mesut Ozil hisobdagi farqni minimal körinişga keltirdi, biroq mehmonlar bundan ortiğiga erişa olmadilar.
"MYu" 44 oçko bilan APL jadvalining 5-öriniga kötarilib oldi, "Arsenal" esa 51 oçko bilan 3-örinda qoldi.
Angliya Premer-ligasi, 27-tur
Mançester Yunayted – Arsenal – 3:2
Gollar: Raşford, 29 (1:0); Raşford, 32 (2:0); Uelbek, 40 (2:1); Errera, 65 (3:1); Ozil, 69 (3:2).
Şu kuni ötgan yana bir uçraşuvda "Tottenxem" öz maydonida "Suonsi" ustidan 2:1 hisobida irodali ğalabaga erişdi.
"Şporlar" 19-daqiqada töp ötkazib yuborişdi: "oqquşlar" tarkibida jamoaning yangi öyinçisi Alberto Paloski öz hisobiga bitta töp yozib qöydi. Maydon egalari öyin taqdirini 2-bölimda özgartira olişga muvaffaq böldilar: 70-daqiqada Nosir Şodli hisobni tenglaştirdi, 77-daqiqada esa ğalaba töpini Denni Rouz kiritdi.
APLda 2-örinni egallayotgan "Tottenhem" peşqadam "Lester"dan 2 oçko ortda va 3-örindagi "Arsenal"dan 3 oçko oldinda bormoqda. "Suonsi" esa 16-örinni egallamoqda.
Tottenxem Xotspur – Suonsi Siti – 2:1
Gollar: Paloski, 19 (0:1); Şodli, 70 (1:1); Rouz, 77 (2:1).






