2016 yilning 23-27 fevral kunlari Bolgariyaning Sofiya şahrida ötkazilgan an'anaviy xalqaro turnirda özbekistonlik çarm qölqop ustalari bittadan oltin va bronza medaliga sazovor böldilar.
67-bor taşkil etilgan mazkur xalqaro turnirning bu yilgi bahslarida 40 davlatdan kelgan 300 nafardan ziyod erkaklar va ayollar 13 komplekt medallar uçun bahs yuritdi.
Özbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medalni Mahmud Ğoipov (-69 kg) keltirdi. U hal qiluvçi final jangida mezbonlar vakili Simyon Çamovni 3:0 hisobida yengdi.
2010 yili Singapurda ötkazilgan birinçi yozgi ösmirlar Olimpiada öyinlari sovrindori Sardor Begaliyev (-91 kg) yarim final jangida rossiyalik Yevgeniy Tişenkoga imkoniyatni boy berdi va bronza medali bilan taqdirlandi, deb xabar beradi Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi rasmiy sayti.






