Ukraina boş vaziri Arseniy Yatsenyuk hukumat qonuniy hisoblanişi, biroq siyosiy mujmallikka çek qöyiş kerak, deb aytdi. Bu haqda "112 Ukraina" telekanali xabar berdi.
"Hukumat huquqiy jihatdan qonuniy va işlaşda davom etmoqda. Biroq siyosiy mujmallik mavjud bölib qolmoqda va unga çek qöyiş kerak", deb aytdi Yatsenyuk.
Yatsenyukning aytişiça, bu beqarorlik uçun javobgarlik Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko, uning fraksiyasi va "Yevropeyskaya Ukraina" koalitsiyasini tuzgan boşqa siyosiy kuçlar zimmasiga tuşadi. Bu koalitsiyaga "Batkivşçina", "Samopomoşç" va Radikal partiya kiradi.






