Taniqli tadbirkor Alişer Usmonov Rossiyaning soliq rezidenti degan maqomdan ajralişi mumkin. U 2015 yilning katta qismini çet elda ötkazgani bunga sabab böladi. Bu haqida Rossiya federal soliq xizmati manbasiga tayanib, RBK xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilişiça, Usmonovning 2015 yil uçun daromadlari töğrisidagi Deklaratsiyasi 1 aprelga qadar topşirilişi kerak. Şundagina hujjat böyiça soliq rezidenti emasligini aytiş mumkin böladi. Rossiyadagi tadbirkorlik faoliyatini ham şunga köra davom ettiradi.
USM Holdings kompaniyasi vakili, Usmonov aktivlari boşqaruvçisining tasdiqlaşiça, ötgan yili sezilarli darajadagi köp vaqtni xorijda ötkazgan. Bu xalqaro miqyosdagi faoliyati bilan ham boğliq. Çunki u hozirda Xalqaro qiliçbozlik federatsiyasi prezidenti va Xalqaro olimpiya qömitasining olimpiya telekanalini rivojlantiriş komissiyasi a'zosi hisoblanadi.
Naşrning Federal antimonopoliya xizmatidagi manbasi aytişiça, Alişer Usmonov 2015 yilning kam qismini mamlakatda ötkazgani uçun Rossiya soliq rezidenti bölmay qolgan. Federal soliq xizmati öz saytida aniqlik kiritişiça, jismoniy şaxslar daromadlariga soliq solinişi ularning fuqaroligiga boğliq emas: taqvim yilida rezidentlar deb uşbu yil davomida Rossiyada kamida 183 kun bölgan şaxslar hisoblanadi.
Sönggi bir neça yilda Alişer Usmonov jismoniy şaxs sifatida Rossiyada 350 million dollar soliq tölagan. USM kompaniyasi esa ötgan 2015 yil uçun 100 mlrd rubl (taxminan 1,6 mlrd dollar) tölovni amalga oşirgan.
USM xodimi ehtimoliy soliq norezidentligi USM’ning biznesiga heç qanday ta'sir ötkazmasligini aytdi: Usmonov öziga tegişli kompaniyalarning operatsion faoliyati bilan şuğullanmay qöygan.
Alişer Usmonov USM Holdings, «Metalloinvest», «Megafon», Mail.ru Group va DST Global, «YuTV Xolding» kompaniyalari egasi sanaladi. Forbes jurnali talqiniga köra, Alişer Usmonov 14,4 milliard dollarlik mablağga ega.






