Kaliforniyadagi Silikon vodiysida Google kompaniyasining haydovçisiz avtomobili iştirokida yöl-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Yöl-transport hodisasi haqidagi xabar Kaliforniya avtotransport departamenti saytida çop etildi.
Xabarda aytilişiça, Lexus AV haydovçisiz maşinasi çorrahadagi trotuarda yotgan qum solingan qoplarni aylanib ötayotganda, qöşni polosada harakatlanayotgan avtobus Google maşinasini yon tomoni bilan urib yuborgan. Avtobus 24 km/soat tezlik bilan, haydovçisiz maşina esa 3 km/soat bilan harakatlanayotgan bölgan.
Ta'kidlanişiça, bu yöl-transport hodisasi yöl harakati iştirokçilari bir-birlarini tuşunmagan vaziyatga klassik misol böldi. Haydovçisiz maşina rulida ötirgan Google’ning sinov haydovçisi avtobus avtomobilni qöyib yuboradi deb öylagan va şuning uçun öziga boşqaruvni olmagan. Baxtli tasodif, töqnaşuvda heç kim jabrlanmagan, avtobus kiçik şikast olgan.
Google uşbu YTH uçun javobgarlikni qisman öz zimmasiga oldi. Kompaniyada aytilişça, agar avtomobil joyida turganda töqnaşuv sodir bölmasligi ham mumkin edi. Şu sababli kompaniya özining haydovçisiz avtomobillari dasturiy ta'minotiga tegişli tuzatişlarni kiritişga va'da berdi.






