AQŞ kongressmeni Sedrik Riçmond san-bernardinolik terrorçining iPhone’idagi ma'lumotlarni öqiş borasidagi tinglaşlarda rossiyalik xakerlar smartfonlarga masofadan turib kira olişlari xavfi borligi haqida ma'lum qildi. 

Riçmondning aytişiça, uning Ukrainaga taşrifi vaqtida xavfsizlik böyiça maslahatçilar rossiyalik xakerlar masofadan turib smartfonni oça olişlari va undagi ma'lumotlarni qölga kirita olişlaridan xavotirlanib, unga telefonini öçirib qöyiş va uni samolyotda qoldirişni tavsiya qilişgan.

Riçmond xavfsizlik böyiça mutaxassislar rossiyalik xakerlardan xavfsirayotgan bir vaqtda Federal qidiruvlar byurosi xodimlari öz ixtiyorlarida bölgan telefonga kira olmayotganlaridan taajjublandi. 

Fevral örtalarida Apple kompaniyasi sudning san-bernardinolik terrorçining iPhone’ini oçib beriş haqidagi körsatmasini bajarişdan boş tortdi. Federal qidiruvlar byurosi kompaniyadan terrorçining smartfoniga ma'lumotlarni himoya qilişning muhim funksiyalarini öz içiga olmaydigan yangi operatsion tizim versiyasini yaratib, uni telefonga örnatişni talab qilgan. Apple rahbari Tim Kuk bunday dastur yordamida keyin istalgan iPhone’ni oçiş mumkinligini ta'kidlab, bunga qarşi çiqqan.