Suriya hukumati BMT xodimlari va ularning hamkorlariga butun mamlakat böylab bolalarni emlaşdan ötkazişga ruxsat berdi. Bu haqda Suriyaning Xoms şahriga taşrif buyurgan YUNISEF direktori Entoni Leyk xabar berdi.

"Damaşqdagi yuqori lavozimli şaxs bizga Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va boşqa hamkorlar, jumladan, Suriya soğliqni saqlaş vazirligi bilan birgalikda bolalarni turli xil kasalliklarga qarşi zudlik bilan emlaş töğrisida davlat dasturini işga tuşirişga ruxsat berdi", - dedi YUNISEF rahbari. Uning sözlariga köra, uşbu dasturni amalga oşiriş uçun “qamaldagi barça hudadlarga kirişga izn berilişi” va ham hukumat, ham muxolifat tomonidan amalga oşirilişi kerak.

Leykning ma'lum qilişiça, YUNISEF beş yil davomida qurolli nizolar bölayotgan hududdagi 10 mln nafardan ziyod kişiga tibbiy yordam körsatgan. Jabrdiydalarning orasida bolalar ham bölgan.

"Biz köplab bolalarga yordam körsatişimiz kerak, - deb ta'kidladi taşkilot rahbari. – 8 mln ga yaqin bola yordamga muhtoj: 6 mln nafari Suriyaning özida, qolgan 2 mln nafari esa mamlakatning taşlab çiqişga majbur bölgan bolalardir".