Amerika jamiyati tanazzulga uçragan va Qöşma Ştatlar keyingi prezidentining asosiy vazifasi mamlakat birligini saqlab qoliş bölişi kerak. Uşbu fikrni AQŞ prezidentlik minbariga nomzod bölmiş Hillari Klinton, özining Mayamidagi (Florida ştati) tarafdorlari oldidagi çiqişida bildirdi.
AQŞ prezidentligiga nomzodlik qilayotgan raqiblarining berayotgan saylovoldi va'dalarini şarhlay turib, Klinton "Amerika heç qaçon buyukligini yöqotmagan" deydi.
"Şunga qaramasdan, "biz Amerikaning yakdilligini qaytarişimiz kerak", - deydi AQŞning sobiq boş kotibi Hillari Klinton. Uning nazdida, "Amerikaga hozirgi kunda, köproq muhabbat va ezgulik kerak".
Respublikaçilar partiyasidan AQŞ prezidentligiga nomzodini qöygan milliarder Donald Trampning noqonuniy muhojirlar oqimini töxtatiş uçun Meksika çegarasida himoya tösiğini barpo qiliş kerakligi haqidagi da'vosiga qarşi Klinton şunday deydi: "Bizga mamlakatimizda devorlardan köra bir-birimizga işonçni qaytarişimiz kerak, xalqga iqtisodiy imkoniyatlarni yaratişimiz kerak. Insonlarni "ular" va "bizlar" ga ajratib bölmaydi".
Şu jumladan Klinton, Respublikaçilarni joriy saylovoldi poygasida oldin kuzatilmagan tubanlikkaça borayotganlarida ayblaydi. Bundan taşqari, prezidentlikka nomzodini Demokratik partiya nomidan qöyayotgan sobiq boş kotib, Amerika hukumatining parçalanişida "boy va qöli uzun" amerikaliklarni ayblaydi.
U şu bilan birgalikda, prezidentlikka saylangan taqdirda, bunday holatni tugatişga va'da beradi.






