Angliyaning «Liverpul» klubi ötgan mavsumning 2015 yil 31 mayigaça bölgan davri uçun moliyaviy hisobotlarini e'lon qildi.
Unga köra klubning daromadi yil davomida 297,9 million funtni taşkil qilgan, Bu 2013/2014 yilgi mavsumga nisbatan soliştirganda 16,5 foizga köproq degani.
«Mersisaydliklar» turli tijoriy işlardagi tuşumi 12 foizga ösib 116,3 million funtni taşkil qilgan.
«Liverpul»ning öyin kunlari olgan daromadi miqdori 15,9 foizga ösib, 59 million funtni taşkil qilgan. Barça soliqlarni çiqarib hisoblagan klubning operatsion sof foydasi 60 million funtni taşkil qilgan. Bir yil oldin uşbu körsatkiç 0,9 millionni taşkil qilgandi.
«Liverpul» ketma-ket ikkinçi mavsumni sof foyda bilan yakunlamoqda. Joriy mavsumda sof foyda miqdorining ösişiga klubning Luis Suaresni «Barselona»ga 81 million yevro evaziga sotgani sabab bölgan.






