Xonanda Lola shok.uz saytiga bergan intervyusida muxlislarni qiziqtirgan bir neça savollarga javob berdi.

Sayt boşlovçisi xonandaga uning Şaxzoda bilan munosabati, sobiq turmuş örtoğining yaqinda bölib ötgan nikoh töyi, katta tanqidga uçragan suratlari, “Özbeknavo”dan uzr söragani haqida savollar bergan.

Lola Şahzoda bilan bir vaqtlar yoqalaşgani haqidagi ma'lumot mutlaqo notöğri ekanini qayd etdi.

Undan "Sobiq turmuş örtoğingizga neçinçi xotin bölgansiz?", deb ham savol berişgan.
"Bilmadim. Men faqat birinçi bölganman", deya javob bergan u. Lola yaqinda yangi oila qurgan sobiq turmuş örtoğiga çin dildan baxt tilagan.

Tomoşabinlarning katta e'tiroziga sabab bölgan tarmoqlardagi suratlari haqidagi savolga esa quyidagiça javob berilgan: “Men suratlarimda heç qanday axloqiy jihatdan qarama-qarşiliklarni körmayapman. Menimça, muammoni suratlarimni körayotgan insonlarning özlari yaratişmoqda. Bu ularning qanday köz bilan qarayotganiga boğliq. Bu mening yuriş-turişim, mening tarbiyam, dunyoqaraşim – bunda qandaydir yomon tomonlarni körayotganim yöq. Instagramdagi sahifamda yana boşqa bir qança töğri ma'noli, yaxşi suratlarim bor, lekin negadir ular e'tibordan çetda qolib ketadi. Fikrimça, men könglim buyurgan biron işni qilişdan oldin kimdandir ruxsat söraşim şart emas”.

Şuningdek, u birovni muhokama yoki tanqid qilmaslikni örganiş kerakligini maslahat berdi.

Lola “Özbeknavo”dan keçirim söraganini ham tan oldi: “Men faqatgina “Özbeknavo”dan emas, balki mening suratlarim yoki xatti-harakatim kimnidir bezovta qilgan bölsa, yoki keçalari uyqu bermayotgan bölsa, barçangizdan uzr söraşga tayyorman!”.

Bundan taşqari, xonanda şaxsiy hayoti, rejadagi yakkaxon konserti va Rayhonning konsertiga nega bormagani haqidaga savollarga ham javob bergan.

Lolaning 1 mart kuni “Soğindim” deb nomlangan qöşiğining premerasi bölib ötdi.