Özbekistonda keyingi yilda zamonaviy suyuq kristalli televizorlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş darajasini 50 foizgaça oşiriş rejalaştirilmoqda, deb xabar berdi Sputnik naşri muxbiriga Iqtisodiyot vazirligidagi manba.
Bugungi kunda Özbekistonda har yili 150 mingtaga yaqin televizor işlab çiqariladi. Mahalliy bozor Roison, Artel, "Foton" va Zenith Electronics kompaniyalari tomonidan egallangan.
Özbekistonlik tezevizor işlab çiqaruvçilar 2020 yilgaça zamonaviy televizorlarni işlab çiqariş hajmini 4,4 barobarga, ya'ni 670 mingtagaça yetkazişni oldilariga maqsad qilib qöyganlar. Bu texnika nafaqat Özbekistonda sotiladi, balki bunday texnika işlab çiqariş mavjud bölmagan Qirğiziston, Tojikiston va Turkmanistonga eksport qilinadi. Eng asosiysi, har doim ham sifatli, biroq arzon texnika yetkazib beruvçi xitoylik işlab çiqaruvçilar bilan raqobatga doş bera oliş lozim.
Şuning uçun mahalliy işlab çiqaruvçilar butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş böyiça işlarni faollaştirişmoqçi, çunki bunday loyihalardan asosiy maqsad – mahalliy işlab çiqarilgan mahsulotlar import qilinadiganlardan arzonroq böladi. Bundan taşqari, bu içki talabni qondiriş muammosini hal qilişga va har doim ham sifatli bölavermaydigan xorijiy mahsulotlarni mahalliy mahsulotlar bilan qoplaşga imkon beradi.
Bu yönalişdagi işlar boşlab yuborilgan. Misol uçun, 2014 yilda suyuq kristalli televizorlar işlab çiqariş mahalliylaştiriş darajasi 35 foizdan ortiq bölmagan yirik blokli yiğiş negizida amalga oşirilgan bölsa, 2015 yilda esa integral bosma platalar, korpus va butlovçi detallar, simlar, distansion boşqariş pultlari va boşqa detallarni işlab çiqarişni özlaştiriş hisobiga mahalliylaştiriş darajasi 40 foizga yetkazildi. 2017 yilda bu körsatkiç 50 foizdan köproqni taşkil qiladi.
Bu jarayonda Samsung brendi ostida televizorlar işlab çiqaruvçi Zenith Electronics kompaniyasi özini faol namoyon qilmoqda. Kompaniya Janubiy Koreyadan elektron platalar işlab çiqaruvçi robotlaştirilgan liniya va elektron mahsulotlarni işlab çiqariş uçun qöşimça uskunalar xarid qilgan. Joriy yilda kompaniya işlab çiqarişni yanada modernizatsiyalaş uçun 1 mln dollar investitsiya qilmoqçi.
"Foton" kompaniyasi esa 42 dyuymli televizorlarni işlab çiqarişni yölga qöyişni rejalaştirmoqda. Bunda kompaniyaga xitoylik investorlar hamkorlik qilişi taxmin qilinmoqda.
Roison kompaniyasi joriy yilning oxirida Jizzaxdagi elektr maişiy texnika zavodini kengaytirişning 2-bosqiçini yakunlamoqçi. Bu televizorlar işlab çiqariş hajmini 200 mingtagaça oşiriş imkonini beradi. Loyihaning umumiy qiymati 26 mln dollarni taşkil qiladi.






