Ulkan şov-şuvlarga sabab bölgan, har bir dilni larzaga keltirgan va qotilligida Gulçehra Boboqulova gumon qilinayotgan marhuma moskvalik tört yoşli qizaloqning ota-onasi fojia paytida yöqolgan Lyusya laqabli toy-terer köppagini izlamoqda.
Qidiruv haqidagi e'lonlar Moskvaning Xoroşyovo-Mnyovniki tumani böylab yopiştirib çiqilgan, deb xabar beradi "Gazeta.Ru”ning PETS loyihasi.
Oilaning döst-birodarlari va ijtimoiy tarmoqlarning köngilli foydalanuvçilari kuçukni izlaşga yordam berişyapti.
“Narodnoye opolçeniye köçasida döstlarimning oilasida dahşatli fojia sodir böldi. Endi ularning yarasiga tuz sepgandek, oila a'zosi bölgan kuçuk ham yöqolib qolgan. Iltimos, uni körib qolsangiz, tezda xabar bering”, - deb öz sahifasida yozib qöygan moskvalik Yekaterina Dudina.
1 mart kuni keçki payt halok bölgan qizaloqning otasi Vladimir “VKontakte” ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida Xoroşyovo-Mnyovniki tumani aholisiga murojaat qilgan: “Oilamizda sodir bölgan dahşatli voqea haqida hamma xabardor bölsa kerak. Nafrat, ojizlik, ilojsizlik tuyğularini tasvirlab bera olmayman... Bizni qurşab turgan xunrezliklarni baholab bölmasa kerak. Işonçim komil, şunday kulfatni boşidan keçirgan odamlar bor, va men Nastya uçun ular bilan birga qayğuraman, aza tutaman. Xoroşyovo-Mnyovniki tumani aholisiga esa hamdardliklari uçun minnatdorçilik bildiraman va ulardan katta ötinçim bor, uşbu voqea paytidagi yonğinda itimiz qoçib ketgan, u ham oilamiz a'zosi va biz uni juda yaxşi köramiz, uni izlaşda kömaklaşganlarga behad minnatdor bölar edik...”
Lyusa fojia paytida xonadonda bölgan va yonğindan söng yöqolib qolgan.







