Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi jismoniy şaxslar diqqatiga ötgan yilda olgan jami yillik daromadlari töğrisidagi deklaratsiyani joriy yilning 1 aprelidan keçiktirmay topşirişlari lozimligini eslatib ötadi.
Agar Siz ötgan yilda:
- mulk huquqi asosida özingizga tegişli noturar joylarni, qimmatli qoğozlarni hamda turar joylarni 12 oy içida bir martadan ortiq sotişdan;
- mol-mulkingizni (avtotransport, dala hovli, uy-joy va boşqa bino, inşoot) ijaraga berişdan;
- mualliflik faoliyatingizdan;
- asosiy bölmagan iş joyingizdan moddiy naf tarzida va örindoşlik asosida;
- çet eldagi faoliyatingizdan;
Daromad soliği uşlab qolinmagan boşqa manbalardan daromad olgan bölsangiz, doimiy yaşaş joyingizdagi davlat soliq inspeksiyasiga joriy yilning 1 aprelidan keçiktirmay jami yillik daromadlari töğrisidagi deklaratsiyani taqdim etişingiz lozim.
Jismoniy şaxslardan deklaratsiyalarni qabul qiliş davrida davlat soliq xizmati organlarining iş vaqtlari uzaytirilib, haftaning dam oliş kunlarida ham mas'ul xodimlar xizmat körsatişi taşkil etilgan.
Har bir davlat soliq inspeksiyasida deklaratsiyalarni töğri töldiriş böyiça oçiq eşik kunlari va seminar maşğulotlari taşkil etilib, malakali maslahatlar berib boriladi. Deklaratsiya blankalari bepul tarqatiladi.
Jismoniy şaxslar jami yillik daromadlari töğrisidagi deklaratsiyani özlari uçun qulay bölgan joyda va kunning istalgan vaqtida elektron şaklda topşirişlari mumkin.
Buning uçun Davlat soliq qömitasi rasmiy «Soliq.uz» saytining «Jismoniy şaxslar uçun» bölimidagi «Elektron soliq deklaratsiyalari» interaktiv xizmatiga elektron raqamli imzo orqali kiriş va belgilangan deklaratsiya şakli töldirilib jönatiş tugmasini bosiş kifoya.
Jismoniy şaxslar jami yillik daromadlari töğrisidagi deklaratsiyani taqdim etmaslik, öz vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin notöğri ma'lumotlarni taqdim etiş Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 174-moddasi 3-qismiga asosan jarima solişga sabab böladi.






