Filippin amaldorlari amerikalik qöşiqçi Madonnani mamlakat bayroğini haqoratlaganlikda ayblaşdi va unga mamlakatga kiriş taqiqlanişi bilan pöpisa qilişdi, uning promouterlariga esa mamlakatdan çiqarib yuborişlarini aytişdi, deb xabar beradi NME.
Filippin milliy tarix komissiyasining Geraldiya seksiyasi boşliği Teodoro Atiyensa jahon yulduzini mamlakat bayroğini kiyim-keçak qilib yoki uni kostyum bezaş uçun bölak sifatida işlatiş man etilgan qonunni buzganlikda aybladi.
Fevral oyining oxirida Manila şahrida bölib ötgan konsertda Madonna mamlakat bayroğini özining ustiga örab sahnaga çiqqan. Bundan taşqari, bayroq polga ham tekkan, bu esa yana bir qonun buzarlikka kiradi, deb ta'kidladi Atiyensa.
Amaldorning fikriga köra, bu qöşiqçi uçun mamlakatga kiriş huquqidan mahrum böliş bilan tengdir, konsertning filippinlik taşkilotçilari esa deportatsiya qilinişi mumkin.
57 yoşlik Madonna dunyo böylab Rebel Heart nomli konsert dasturlarini ötkazib bormoqda. Qöşiqçi diskografiyasidagi xuddi şu nomli albom 2015 yilda sotuvga çiqdi. Tur davomida muxlislar konsert boşlanişi çözilib ketganidan şikoyat qilişgan.
Mançesterdagi çiqişi davomida esa xonanda uzoq kutişdan norozi bölgan muxlisini sökib, haqorat qilgan.







