27 fevral kuni mahalliy vaqt bilan 22.10 da Ostona şahri yöl-patrul xizmati xodimlari tumanda joylaşgan sanoat zonasida öğirlik bölgani haqida xabar olişdi. U yerda joylaşgan vagonlarda yaşovçi şaxslarning hujjatlari tekşirilayotgan bir paytda, noma'lum erkak kişi politsiyaçilarni öqqa tutgan.
Voqea joyida zudlik bilan olib borilgan operatsiya natijasida 43 yoşli Qarağanda viloyatida tuğilgan şaxs qölga olingan. Aniqlanişiça, jinoyatçi muqaddam sudlangan bölib, qotillikda ayblanib sud qilingan ekan.
Köplab olingan jarohatlar tufayli politsiya xodimlari tibbiyot muassasiga yotqizilgan. Politsiya starşinasi Maral Turğunboyevning tört joyiga, politsiya serjanti Yerbolat Rispekovning esa ikki joyiga jarohat yetgan.
Poytaxt politsiyasi departamenti boşliği Amantay Aubakirovning söziga köra, uşbu politsiyaçilarga va ularning oilasiga barça zarur yordam körsatiladi.







