Rossiya hukumati Parijdagi "normand törtligi" uçraşuvida Rossiyaga qarşi kiritilgan sanksiyalar va ularning bekor qilinişini muhokama qilmaydi. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Bu haqda turli darajalarda gapirganimizdan kelib çiqqan holda, biz Yevropa Ittifoqi böyiça hamkasblarimiz bilan sankiyalarning bekor qiliniş imkoniyatlarini muhokama qilmaymiz. Biz ularni kiritmaganmiz. Ularni kiritişganda, bizdan söraşmagan. Bu bizning muammo emas, bu Yevropa Ittifoqining muammosi, bu uşbu strukturaning har iştirokçisi, alohida davlatlar va butun uşyumaning jamoaviy muammosidir", deb aytdi Zaxarova.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiya va Ukraina fuqarolariga qarşi kiritilgan sanksiyalarni yarim yilga uzaytirişni rejalaştirayotgani ma'lum qilingandi.