Toyota kompaniyasi Jyeneva avtosalonida C-HR krossoverining seriyali versiyasini namoyiş qildi. Yangi maşina Nissan Juke, Mazda CX-3 va Honda HR-V avtomobillariga raqobat taşkil qiladi.

Toyota C-HR modeli 4-avloddagi Toyota Prius gibrid modelida ilk bor qöllangan TNGA yangi modul platformasida qurildi. 2020 yilgaça bu arxitektura yapon markasi tomonidan işlab çiqariladigan modellarning yarmidan köpida qöllanadi.

Qolgan konstruksiyalarga "35-65 foizga mustahkamroq" bölgan şassi krossoverni 122 ot kuçiga ega, 1,8 litrli içki yonuv dvigateli negizida benzin-elektrli dvigatellar bilan jihozlaşga imkon berdi. "Toyota" vakillarining aytişiça, yangi texnologiyalarning işlatilişi karbonat angidrid gazlarini atrof-muhitga çiqarişni kamaytirişga imkon berdi.

Yevropada Toyota C-HR 1,2 litrli 115 ot kuçiga ega turbomotor hamda 6 poğonali mexanik uzatmalar qutisi yoki variator bilan taklif qilinadi.

Bundan taşqari, maşina ba'zi bozorlarda 2 litrli atmosferali dvigatel bilan ham taklif qilinadi.

Maşining Yevropa uçun möljallangan versiyasi 2016 yilning 2-yarmidan sotila boşlanadi. Bu maşina Turkiyada yiğiladi. Maşinaning AQŞ uçun möljallangan versiyasi esa 2017 yildan boşlab işlab çiqariladi.