Madridning «Real» klubi boş murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya çempionati doirasidagi «Levante»ga qarşi uçraşuvdan (3:1) keyin uçraşuvda maydonga çiqa olmagan jamoaning asosiy futbolçilari Garet Beyl, Karim Benzema, Marselo, Serxio Ramos va Luka Modriç borasida fikrlarini bildirib ötdi.
«Tarkibda köplab özgarişlar bölsa, har doim qandaydir muammolar bölişini kutasan, ammo bugun biz yaxşi futbol namoyiş etdik. Dastlabki daqiqalar oson keçgani yöq, şunga qaramasdan öz öyinimizni topib olişga harakat qildik va uç oçko egasiga aylandik. Futbolçi maydonga tuşmasa, yoki kam öyin ötkazgan bölsa, unga qiyin böladi, biroq bugun bu holat sezilmadi.
Lukas bugun himoyada köp mehnat qildi va şunga yaraşa natija oldi. Mana şu biz har doim qilişimiz kerak bölgan iş – yuguriş va maydonga jon kuydiriş. Nafaqat yoş futbolçilar balki hamma bor kuçini berib harakat qilişi lozim», – deya ta'kidladi Zidan.






