Qarşining «Nasaf» klubi yarim himoyaçisi Artur Gevorkyan Özbekiston Professional Futbol Ligasi talqiniga köra 2015 yilgi Özbekiston çempionatining eng yaxşi futbolçisi deb topildi. Bu haqda Özbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.
«Nasaf» sardori ötgan mavsum davomida barqaror öyin namoyiş etdi va jamoasining bronza medallarini qölga kiritişiga katta hissa qöşdi. Qarşining «Nasaf» klubi, şuningdek, Özbekiston Kubogi finalida Toşkentning «Bunyodkor» klubini mağlub etib, öz tarixida ilk bor uşbu sovrinni qölga kiritdi. Mazkur final uçraşuvida Gevorkyan öz goli bilan jamoasi ğalabasiga katta hissa qöşgandi.
Ta'kidlaş joiz, Artur Gevorkyan öz faoliyatida ikkinçi marotaba Özbekiston çempionatining eng yaxşi futbolçisi sifatida e'tirof etilmoqda. Bungaça, «Nasaf» sardori 2013 yilda ham uşbu sovrinni qölga kiritgan edi. Şuningdek, Gevorkyan 2014 yilgi mavsumda milliy çempionat töpurari bölgan edi.






