Ispaniya çempionatining 27-turida «Barselona» safarda «Rayo Valekano»ni mağlubiyatga uçratdi (5:1).

Şu tariqa kataloniyaliklar mağlubiyatsiz öyinlari sonini 35taga yetkazib olişdi va jamoa bu borada «Real» tomonidan qayd etilgan rekordni yangiladi.

«Barselona» 35ta öyindan 29tasida ğalaba qozongan va 6tasida durang öynab, 107ta gol urgan. Bu öyinlar davomida ötkazib yuborilgan gollar soni 20taga teng.

Eslatib ötamiz, avvalgi rekord «Real»ga tegişli bölib, madridliklar 1988/89 yilgi mavsumda 34ta öyindan iborat mağlubiyatsiz seriyani qayd etişgandi.

Futbol tarixida eng uzoq davom etgan ğalabali seriya Turinning «Yuventus» jamoasiga tegişli 43ta (2011-2012 yillar mavsumi. Keyingi örinlarda esa «Notingem Forest» (40ta öyin, 1977-1978 yillar) va «Milan» (36ta öyin, 1990-1991) qayd etilgan.