AQŞning federal qidiruv byurosi bilan kelişmovçiliklar sabab bir qator texnologik va tarmoq kompaniyalari Apple’ni qöllab-quvvatlovçi hujjat bilan sudga murojaat etişadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. Hujjatda nomi qayd etilganlar orasida Google, Facebook, Microsoft, Twitter, Ebay, Linkedin va boşqa şunga öxşaş yirik kompaniyalar mavjud.

Mazkur kompaniyalar sud talabini majburiy qondiriş töğrisida 1789 yilda qabul qilingan qonunni rad etişni niyat qilişgan. Bu qonun “xali lampoçkalar ixtiro qilinmagan bir şaroitda” qabul qilingan. Uning talablarini bugungi zamonda bajarib bölmaydi, deb xulosa qilmoqda kompaniyalar.

Ma'lumot uçun, AQŞ federal qidiruv byurosi kaliforniyalik terrorçi Sayyed Farukning smartfonidagi ma'lumotlarni olib beriş uçun Apple kompaniyasiga murojaat etgan, ammo kompaniya bu talabni bajarişdan boş tortgan edi.