Olmaota aeroportida Air Astana aviakompaniyasi xodimi bölgan uçuvçi 1 paket marixuana moddasi bilan qölgan olindi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar tarqatgan.
Aviakompaniyada bu ma'lumot tasdiqlangan va uçuvçi darhol işdan böşatilgani bildirilgan.
"Aviakompaniya xodimlarning alkogol yoki narkotik moddalar qabul qilişiga ruxsat bermaydi. Ekipaj a'zolari bu borada doimiy tekşiruvdan ötkazib boriladi", deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilişiça, bu uçuvçi Moskvadan Olmaotaga parvozni amalga oşirganidan keyin giyohvand modda bilan qölga tuşgan.






