«Mançester Yunayted» jamoasining sobiq futbolçisi Pol Skoulz «Arsenal»ning çempionatda ğolib böliş imkoniyatini juda yomon baholadi.
«Tottenhem» «Arsenal»ni mağlub qilsa, bu jamoani amalda yakson qiladi. «Kanonirlar»larda «Uayt Hart Layn» stadionida keçadigan öyinda jamoaviy ruh yetişmasligi mumkin. Jamoa ketma-ket mağlubiyatlardan keyin juda tuşkun ahvolda. Ular bu qiyin vaziyatda xarakter körsata olişlariga közim yetmaydi. Men ularda «Tottenhem»ni yengiş uçun sirli qurol borligiga şubha qilaman.
Joriy mavsumda men «Arsenal» endi çempionga xos öyin körsatadi deb öylab yanglişdim. Men jamoa Çex va Özil yetakçiligida ğolibona qadam taşlaydi deb öylagandim. Men ularning çempion bölişiga işonç bildirgandim.
Ammo hal qiluvçi pallalar kelganida, «Arsenal» öziga bölgan işonçni yöqotib qöydi va muhim öyinlarda ğalaba qozona olmadi. Menimça, endi jamoa mavsum çempioni böla olmaydi, Venger katta bosim ostida qolgan», – deya fikr bildiradi Skoulz.

Eslatib ötamiz, «Arsenal» APLning 27 va 28-turlarida «Mançester Yunayted» hamda «Suonsi» jamoalaridan mağlub böldi. Ayni vaqtda jamoa 51 oçko bilan uçinçi örinda, peşqadam «Lester»dan 6 oçko ortda bormoqda.

APLning 29 turi doirasidagi «Tottenhem» va «Arsenal» uçraşuvi 5 mart kuni, Toşkent vaqti bilan soat 17:45da boşlanadi.






