Italiyalik san'atşunos Antonio De Robertis rassom Vinsent Van Gogning katta yoşdagi yagona fotosuratini topişga muvaffaq bölganini ta'kidlamoqda. Bu haqda The Independent naşri xabar bermoqda.

Gap 19-asrning oxirida Parijdagi Jyulian akademiyasida olingan surat haqida ketmoqda. Fotoda 34 nafar erkakni, jumladan Polya Gogen va Eduar Vyuyarani köriş mumkin. De Robertisning aytişiça, suratda ehtimol Van Gog ham bor bölişi mumkin.

Ayni vaqtda bu fotosurat Parijdagi san'atlar tarixi milliy institutiga tegişli.

Gazetaning ta'kidlaşiça, avvalroq ham Van Gogning surati deb ehtimol qilingan suratlar topilgan, biroq Van Gog böyiça yetakçi ekspertlardan biri hisoblanuvi De Robertis aynan u aytayotgan suratning eng işonçliligini ta'kidlamoqda. Mutaxassisning ta'kidlaşiça, hozirgaça Van Gogning faqatgina 13 va 19 yoşda tuşgan suratlari ma'lum bölgan.

Naşrning qöşimça qilişiça, 34 kişining surati ular bir-birlari bilan taniş bölgan-bölmagani, barçasi rassom bölgan-bölmagani hamda ularning barçasi nima uçun bitta suratda tuşgani kabi ba'zi savollarni tuğdirmoqda.

Vinsent Van Gog maşhur gollandiyalik rassom bölib, 1853 yilda tuğilgan.