Ispaniyaning «Rayo Valekano» futbol klubi boş murabbiyi Pako Xemes mamlakat çempionatining 27-turidan örin olgan «Barselona»ga qarşi uçraşuvdan (1:5) keyin fikr bildira turib, hakamlikdan norozi bölganini ta'kidladi.

«Biz 35 uçraşuvdan beri mağlubiyat nimaligini bilmay kelayotgan jamoaga qarşi öynadik. Bizda yaxşi imkoniyatlar böldi, biroq hali bu borada köp işlaşimiz kerak.

Men bugun maydonda heç qanday hakamni körganim yöq. «Barselona»dek jamoaga qarşi töqqiz kişi bölib harakat qiliş natijaga ta'sir ötkazadi. Bunday vaziyatda öynaş juda qiyin. Öylaşimça, töliq tarkib bilan öynaganimizda hisob bu darajada köriniş olmasdi», deya Xemesdan iqtibos keltiradi AS.