Xalqaro valyuta jamğarmasi Ukraina hukumatining "halolligi" va yevrobondlar böyiça "Rossiya oldidagi 3 mlrd dollar qarzini" hal qiliş böyiça say'-harakatlarini hisobga oladi. Tegişli qarorni XVJ direktorlar kengaşi qabul qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi XVJning aloqalar böyiça direktori Jyeri Raysga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

"Biz bu masala böyiça muzokara jarayonining bir qismi hisoblanmaymiz. Biz Rossiya va Ukrainani muzokaralar olib borişga çaqirmoqdamiz. Halollik XVJ direktorlar kengaşi Ukraina böyiça ikkinçi tranşni tasdiqlaşda hisobga oladigan jihat böladi", deb aytdi Rays.

Ukrainaning Rossiya oldidagi "halollik bilan yöl tutişidan" taşqari, XVJ Ukrainada qabul qilingan bir qator islohotlar, jumladan korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça çoralarni ham hisobga oladi.

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov Rossiya Ukraina bilan qarz böyiça adekvat muzokara olib borişga tayyorligini ma'lum qildi. 17 fevralda Rossiya 3 mlrd dollarlik qarz böyiça Ukraina ustidan London sudiga da'vo arizasi topşirdi. Ukraina 4 martgaça Rossiyaning da'vo arizasiga javob berişi kerak edi, şundan keyin sud tinglaşlari boşlanişi belgilangandi.