AQŞ prezidenti lavozimiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod Ben Karson özining saylovoldi kampaniyasini töxtatdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bu haqda u Merilend ştatidagi konservatorlar anjumanida ma'lum qildi.
"Bu yerda meni yaxşi köradigan odamlar köp, lekin ular menga ovoz bermaydilar", deb aytdi Karson.
Karsonning aytişiça, u öz kampaniyasining kelajagini körmayapti. "Men kampaniyamni tark etayotganimga qaramasdan, mamlakatni qutqarişga urinişlarga öz hissamni qöşişda davom etaman", deb aytdi Karson.
Karson 3 martda Fox News telekanalidagi debatlarda iştirok etmadi.
Prezidentlik poygasida respublikaçilardan milliarder Donald Tramp, senator Ted Kruz, senator Marko Rubio va Ogayo gubernatori Jon Keysik iştirok etişda davom etmoqda.






