Poytaxt yöl xizmati Taraqqiyot köçasidan Ohangaron şossesiga qadar uzunligi 3 km keladigan yangi yölni quriş işlarini yakunlaş arafasida turibdi. Faqatgina asfalt yotqiziş, yöl uçun zarur bölgan kommunikatsiya ötkaziş va yoritiş moslamalarini örnatiş, şuningdek, tramvay liniyasini “Taşselmaş” bekatidan kengaytiriş işlari qoldi.
Tramvay liniyasi “Rohat” doirasi hamda “Toşkent” temir yöl vokzalini özaro boğlab turadi. Yangi yöllar quriş böyiça umumiy işlar ötgan yilning sentabr-oktabr oyida yakunlangan edi.
Bu işlar bilan parallel ravişda Mirzo-Uluğbek şoh köçasida (“Toşselmaş” bekatidan “Şastri” çorrahasiga qadar) ta'mirlaş işlari olib borilmoqda. Yaqinda bu yerga asfalt yotqiziladi, yöl 10 metrga kengayib, 8 yölakdan iborat böladi.







