Ruslan Çagayev superoğir vazn toifasida Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) versiyasiga köra muntazam jahon çempioni unvoni uçun avstraliyalik Lukas Braunga qarşi jangda mağlubiyatga uçragaç, uning jamoasi şikoyat bilan murojaat qiladi.
Eslatib ötamiz, Çagayev 5 mart oqşomida Grozniy şahrida ötkazilgan jangning 10-raundida referi tomonidan texnik nokaut yozilişi tufayli mağlubiyatga uçradi.
"Men öz menejyerimga bu jang natijasiga apellyatsiya berilişiga rozilik bildirdim. Men bu jangni barvaqt töxtatiş uçun asos bor edi deb öylamayman. Men zarba ötkazib yuborganimdan keyin yiqildim, lekin tura oldim. Boşim aylangani ham yöq edi. Jangni öşa vaziyatda töxtatişga hojat yöq edi. Men jang qiliş uçun çiqqandim, boksning boşqa sport turlaridan farqi bor. Boksçilar oxirigaça kuraşamiz", deya Çagayevning sözlaridan iqtibos keltiradi TASS naşri.






