Slovakiya hukumati mamlakatning birinçi prezidenti Mixail Kovaçning şifoxonaga yotqizilganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Bratislavaning universitet gospitalida aytilişiça, 85 yoşli Kovaçning ahvoli barqaror, uning hayotiga heç narsa xavf solmayapti.

Ta'kidlanişiça, Kovaç Parkinson kasalligi bilan boğliq muammolar tufayli şifoxonaga yotqizilgan.

Kovaç Çexoslovakiya Çexiya va Slovakiyaga ajrab ketgandan keyin, 1993 yilda Slovakiyaning birinçi prezidenti etib saylangandi. U bu lavozimda 1998 yilgaça faoliyat körsatgan.