6 martga ötar keçasi AQŞning Las-Vegas şahrida aralaş qoidalar böyiça UFC 196 şou doirasida janglar bölib ötdi.
Oqşomning markaziy jangida UFC çempioni irlandiyalik Konor Makgregor amerikalik Neyt Diasga qarşi ringga kötarildi.
Beş daqiqadan iborat jangning birinçi raundini sof ustunlikda yakunlanagan Makgregor ikkinçi raundni ham kötarinki ruh bilan boşladi. Ammo raund örtalarida bir neçta kuçli zarbalarni ötkazib yuborgaç, u öziga kela olmadi.
U raqibning kuçli zarbalaridan keyin parter holatiga tuşdi. Şu asnoda referi jangni töxtatdi va Makgregor sensatsion tarzda mağlubiyatga uçradi.
Mağlubiyatga uçragan bölsada, Konor çempionlik unvonini özida saqlab qolgan. Qolaversa u özi uçun kafolatlangan bir million dollar gonorarga ega böldi va endi u bitta jangda 1 million dollar gonorar olgan birinçi UFC jangçisiga aylandi. Neyt Dias esa bu jang orqali 500 ming dollar işlab oldi. Uşbu summaga jang translyatsiyasidan keladigan uluş kiritilmagan.
Makgregor faoliyati davomida 21ta jang ötkazib, ulardan 19tasida ğalaba va 2tasida mağlubiyatga uçragan. 30 yoşli Dias esa 28ta jangdan 18tasida ğolib çiqib, 10tasida mağlub bölgan.
2015 yilning 13 dekabrida Makgregor braziliyalik Joze Aldoning 13 soniya içida nokaut qilib (rekord natija), UFC mutlaq çempioniga aylangandi.






