Afğonistonning Pokiston bilan çegara hududidagi Nangarhar viloyatining Açin tumani hududida dron hujumi natijasida IŞIDning 15 nafar jangarisi yöq qilindi. Bu haqda hudud politsiyasi boşliği Gaji Halib Mujohidga asoslangan holda Pajhwok News xabar tarqatgan.
Xabar qilinişiça, bu amaliyot vaqtida tinç aholi vakillari jabr körişmagan.
IŞID Afğoniston hududida 1 yil oldin öz ta'sirini örnatişga harakatni boşladi va "Tolibon"ning sobiq a'zolarini öz tarkibiga jalb etdi. Şu yilning fevralida Afğoniston IŞIDga qarşi xalqaro koalitsiyaga qöşilgani haqida ma'lum qildi.
Biroz oldinroq, mamlakat prezidenti Aşraf Ğani Afğoniston IŞID uçun qabristonga aylanişi haqida aytgani xabar qilingandi.






