«Kristal Pelas» jamoasi boş murabbiyi Alan Pardyu APLning 29-turida «Liverpul»ga qarşi ötgan 1:2 hisobidagi mağlubiyatli öyin haqida fikrlarini bildiriş çoğida hakamning işiga keskin tanqid bildirdi.

«Men hozir şuni his qilmoqdamanki, bizni talon-taroj qilişdi. Bunga özimiz ham aybdormiz, raqib 1 kişi kamçilik bölib qolganidan unumli foydalana olmadik. Penalti belgilangan vaziyatda bizning futbolçimiz raqibdan özini olib qoçdi. Lekin öyin tugaşi arafasida qanot hakami buni körmaganga oldi va penalti belgilandi. Bu juda adolatsiz qaror böldi.

Benteke bu vaziyatda xavfli vaziyat yaratişdan yiroq edi va darvozamizga tahdid sola olmasdi. Jarima maydonçamizda ham u töpni uzatib berişi mumkin bölgan raqib futbolçisi yöq edi. Yana qaytaraman, bu öta nohaq qaror böldi.

Agar bizning futbolçimiz bilan şunday bölganida penalti berilmasligi aniq edi. Butun mavsum davomida hakamlar bizga ayriça köz bilan qarab kelişmoqda.

Men şundan qattiq xafamanki, boş hakam bu vaziyatni körmadi va penalti belgilamadi. Lekin u yordamçisining sözlariga işonib, qarorini özgartirdi», – deydi Pardyu.

Kristian Benteke: «Men simulyatsiya işlatmadim, hakam penalti belgilab töğri qildi»