Şimoliy Koreya hukumati mintaqada AQŞ va Janubiy Koreya özaro harbiy maşğulotlarni ötkazişni rejalaştirayotgani sababli uşbu ikki davlatga hujum qiliş bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Şimoliy Koreyaning Markaziy telegraf agentligi öz saytida ma'lum qildi.
Şimoliy Koreyaning mudofaa böyiça milliy komissiyasi bayonotida aytilişiça, "AQŞ va ularning Seuldagi qöğirçoqlari qiyofasidagi duşmanlar" Key Resolve va Foal Eagle harbiy maşğulotlarini ötkazmoqçi. Pxenyanning fikriça, bu maşğulotlar Şimoliy Koreya rahbariyatini yöq qiliş böyiça rejaning bir qismi hisoblanadi.
Bayonotda, şuningdek, "Şimoliy Koreya armiyasi va xalqi" AQŞ va boşqa davlatlarning Şimoliy Koreyada yadroviy falokatni keltirib çiqarişga intilişiga qarşilik körsatiş uçun yalpi hujum boşlaşi aytib ötilgan.
Şimoliy koreyalik harbiylarning aytişiça, "adolatning ogohlantiruvçi yadroviy zarbasi" mamlakat armiyasi qömondonligining maxsus farmoniga köra beriladi.






