Turkiya AQŞ maxsus xizmatlari (xususan MRB) bilan hamkorlikning kengaytirgan va maxfiy tarzda muvofiqlaştiriş markazi tuzgan. Bu haqda The Washington Post naşri xabar tarqatgan.
Ötgan yili Turkiya öz hududi orqali ötadigan terrorçilarga qarşi keng kölamli harakatlarni boşladi. Yirik aeroportlar hamda transport yöllarida nazorat kuçaytirildi, Suriya bilan çegaralarda yangi tösiqlar örnatildi.
Naşrning yozişiça, Turkiya hukumati qoçqinlar içida öz hududiga IŞID jangarilari kirib kelişidan xavfsiraydi.
Turkiya bu harakatlar doirasida AQŞ Markaziy razvedka byurosi hamda boşqa maxsus xizmatlar bilan hamkorlikni kuçaytirgan.
MRB direktori Jon Brennan bir neça marta Anqaraga taşrif buyurgan. Uning oxirgi taşrifi şu yilning yanvarida amalga oşirilgan va özaro uçraşuvda terrorçilikka qarşi kuraşda hamkorlik qiliş masalasi muhokama qilingan. MRB va Turkiya razvedkasi (MIT) Suriya çegaralari yaqinida maxfiy tarzda muvofiqlaştiriş markazi taşkil qilgani aytilgan.
Naşrning qayd etişiça, ikki davlatning maxsus xizmatlari hamkorligi terrorçilikka qarşi kuraş doirasida bölib, amerikaliklarning dronlari doimiy ravişda Injirlikdagi aviabazada Suriya hududiga parvozlarni amalga oşirişi ham kuzatilgan.
Şuningdek, bu hamkorlik natijasida Suriya safiga yangi yollanma kuçlarning kelib qöşilişi hajmi 3 barobar kamaygani qayd etilgan.
Bundan oldinroq, AQŞ Suriya şimolida, kurdlar nazoratidagi hududda yana bir aviabaza qurayotgani haqida xabar paydo bölgandi.






