AQŞ maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden 7 martda Norvegiyaning PeN-klubi mukofoti sovrindori deb e'lon qilindi. Bu mukofot söz erkinligini himoya qilişga qöşgan ulkan hissa uçun beriladi. 1994 yilda ta'sis etilgan nufuzli mukofot Gitler tuzumi tanqidçisi va antifaşist, 80 yil avval tinçlik uçun Nobel mukofotini olgan Karl fon Osetskiy nomi bilan ataladi. Bu haqda xalqaro PeN-klubining norveg bölimi bergan xabarda aytilmoqda.
PeN-klub (inglizça "poet" (şoir), "essayist" (esseçi), «novelist» (romançi) sözlarining boş harflaridan tuzilgan va qöşilganda "PEN" – ruçka ma'nosini beradi) – xalqaro nohukumat taşkilot bölib, turli adabiyot janrlarida ijod qiluvçi professional yozuvçilar, şoirlar va jurnalistlarni birlaştiradi.
"Edvard Snouden zamonamiz Osetskiysi. U davlatlar tomonidan öz fuqarolari va boşqa davlatlar fuqarolariga nisbatan amalga oşiriladigan katta kölamdagi josuslikning mavjudligi borasida köplab savollar tuğdirgan dalilni oşkor etdi. Bu mukofot hukumatlarning fuqarolarning şaxsiy hayotiga tajovuz qilişi sir saqlangan ma'lumotni jamoatçilikka taqdim qilgan foş qiluvçining şaxsiy qahramonligining tan olinişi hisoblanadi", deyilmoqda hujjatda.
Taşkilot Snouden uşbu mukofotni noyabrda bölib ötadigan rasmiy taqdimot marosimida şaxsan özi olişi uçun barça imkoniyati bor narsani amalga oşirişga va'da bermoqda va agar Snouden Osloga kelsa, Norvegiya hukumatini uni AQŞga topşirilmasligiga kafolat berişga çaqirmoqda.
"1936 yildagi tinçlik uçun Nobel mukofoti berilganda Karl fon Osetskiy uçun atalgan kursi böş bölgan, çunki nemis hukumati unga Osloga boriş huquqini berişni rad etgandi", deb eslanmoqda PeN-klubda.
Biroq Snoudenning Oslogo kelişining ehtimoli juda kiçik. Çunki Norvegiya adliya vazirligi avvalroq unga qandaydir kafolatlar berişdan boş tortgan.
Nemis jurnalisti Karl fon Osetskiy 1931 yilda Germaniyaning harbiy rejalari foş qilingan maqolani çop etgani uçun turmaga qamalgan. Osetskiy 1935 yilning tinçlik uçun Nobel mukofoti sovrindori deb e'lon qilingan. 1938 yilda Osetskiy sildan şifoxonada vafot etgan.






